O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi «RIA Novosti» xabariga raddiya berdi

12:38, 11 aprel

6 aprel kuni «RIA Novosti» saytida “O`zbekiston va Xitoy o`rtasida Ipak yo`li doirasida avtomobil harakati ishga tushiriladi” sarlavhali maqola chop etildi. 

Unda avtomobil va daryo transporti agentligi rahbari V. Ismoilov O`zbekiston hamda Xitoy o`rtasida avtomobil harakati yo`lga qo`yilishi borasida kelishuvga kelinganligi xususida intervyu berganligi aytilgan.

Shuningdek, maqolada Xitoy tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida 40 milliard dollarlik infratuzilmali fond tuzilganligi ham ta`kidlangan.

O`zbekiston avtomobil va daryo tarnsporti agentligi mazkur xabar haqiqatga mutlaqo zidligini ma`lum qildi. Agentlik rahbari hech qanday matbuot anjumanida ishtirok etmagan va «RIA Novosti» muxbiri yoki boshqa OAVga bu haqda intervyu bermagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!