102 yoshli amerikalik ayol universitetni 60 yil deganda tamomladi

14:13, 11 aprel

 AQShning Kentukki shtatida yashovchi 102 yoshli Breshiya universitetiga kirganiga 60 yil to`lgach, tamomladi, deya xabar beradi “Lenta.ru”.

Sesiliya Mishel Boarmen universitetga 1957 yilda kirgan edi. O`shanda ayol 40 yoshda edi va u qizi bilan birgalikda universitetda tahsil olardi. Boarmen o`qishni tugatmasdan Kentukkidan Arizona shtatiga ko`chib o`tishiga to`g`ri keldi. Shunday qilib, o`qish qolib ketdi. 

Ayolning qizi onasi 102 yoshga kirganini, biroq haligacha oliy ma`lumot haqidagi hujjatni olmagani haqida Treysi Neylor universiteti ma`muriyatiga so`zlab beradi. Shundan so`ng universitet rahbariyati keksa onaxonga diplom berishga qaror qildi va u eng keksa bitiruvchi sifatida tarixga muhrlandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!