Shanxayda bir-biriga o`xshash egizak kelin-kuyovlarni adashib ketmasliklari uchun bepul operasiya qilishadi

14:24, 11 aprel

Xitoylik egizaklar aka-uka Chjao Sin (Zhao Xin) va Chjao Syuan (Zhao Xuan) va ularning rafiqalari egizak opa-singillar Yun Fey (Yun Fei) va Yun Yan (Yun Yang)lar turmush o`rtoqlarini farqlash uchun plastik operasiya qilishni rejalashtirmoqda. The Sunday Times nashrining ma`lumot berishicha, operasiya Shanxay gospitallaridan birida bo`lib o`tadi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Nashrning ta`kidlashicha, aka-uka Chjao va opa-singil egizaklarning nafaqat tashqi qiyofalari balki ovozi hamda mimkasi ham bir xil bo`lib, ularni bir-biridan farqlash juda qiyin ish.

“Bir-biriga o`xshash aka-ukalar bir-biriga o`xshash opa-singillar bilan uchrashib yurgan chog`larida jiddiy vaziyalar yuzaga kelgan. Shundan keyin ular muammoning echimi faqat plastik jarrohlik degan qarorga kelishgan”, – deb izohlaydi gazeta. 

Bu ikki juftlikning oilasi Xitoyning Shansi viloyatidagi qishloqlardan birida qo`shni bo`lib yashashadi.

Plastik jarrohlar egizaklarni bir-biridan farqlash uchun tashqi qiyofalariga biroz o`zgartirish kiritishni niyat qilishgan. Nashrning ma`lumot berishicha, shifokorlar bu operasiyani bepul o`tkazishadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!