Isitib eyish mumkin bo`lmagan 5 ta mahsulot

15:13, 11 aprel

Ko`pchiligimiz bir kun oldin tayyorlangan ovqatni isitib eyishga odatlanganmiz. Biroq, hamma mahsulotlar ham isitib eyishga yaroqli emas ekan. Chunki ularning tarkibidagi moddalar isitilgandan so`ng zaharga aylanishi mumkin. “Fitxaker” nashrining ma`lum qilishicha, quyidagi mahsulotlarni umuman isitib eb bo`lmaydi: 

1.  Lavlagi

Lavlagi tarkibidagi nitratlar organizm uchun foydali, biroq uni ikki yoki uch marotaba isitib eyish tavsiya etilmaydi. Uzoq yillar mobaynida sog`lom turmush kechirishni istasangiz, lavlagini isitmasdan iste`mol qiling!

2.  Kartoshka

Kartoshka tarkibidagi foydali ingredient—kraxmad ham isitgandan so`ng zaharli moddaga aylanadi. Bunda uning foydali va dorivor xususiyatlari o`lib, organizm uchun yirik xavf tug`diradi.

3.  Tuxum

Qaynatilgan tuxum koni foyda. Ammo uni isitib eb bo`lmaydi. Keyingi kunga qoldirilgan tuxum isitilganda, zaharga aylanib qoladi. 

4.  Tovuq go`shti

Mazali va foydali tovuq go`shti pishgan zahotiyoq eyilishi lozitm bo`lgan mahsulotlar sirasiga kiradi. Uni isitish tovuq go`shti tarkibidagi oqsillarning o`zgarishi, o`z navbatida ovqat hazm qilish jarayonining buzilishiga olib keladi. 

Tovuq go`shti tarkibida mol go`shtiga nisbatan ko`proq oqsil mavjud. Shuning uchun ham uni isitmay eyish tavsiya etiladi. 

5.  Qo`ziqorin

Tarkibida qo`ziqorin bo`lgan eguliklarni ham sovuq holicha iste`mol qilish tavsiya etiladi. Qo`ziqorinlar tarkibidagi lipoid, fosfatid va efir moylari mazkur egulik isitilganda inson yuragi va ichaklari uchun zararli moddalarga aylanadi. Ulardan kutilgan foydani olish uchun qo`ziqorin pishgandan so`ng darhol iste`mol qilish kerak. Aks holda, yurak-qon tomir va hazm qilish tizimi kasalliklarini orttirib olishingiz hech gap emas.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!