Barnaulda hayvonot bog`ida suratga tushirmoqchi bo`lgan qizchaga yo`lbars hamla qildi

15:20, 11 aprel

Yakshanba kuni Rossiyaning Barnaul shahridagi “O`rmon ertagi” hayvonot bog`i yopiq bo`lishiga qaramay, 13 yoshli qizcha dugonasi bilan suratga tushirish maqsadida yirtqich saqlanadigan hududga kirgan, deb xabar berdi “RIA Novosti” nashri.

Yo`lbars avvaliga qizchaning kurtkasiga yopishgan, keyin birining oyog`idan tishlab, ichkariga tortgan, ammo panjara oralig`i tor bo`lgandan uni tortib olib ketolmagan. Yirtqich qizchaning oyog`ini g`ajib tashlagan. Vrachlar qizchaning ahvolini o`rtacha og`ir deb baholashmoqda. 

Ma`lumotlarga ko`ra, qizlar yopiq hayvonot bog`iga yo`lbarsni suratga olish uchun kirishgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea guvohlari va xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qarab, yopiq hayvonot bog`i hududiga begona shaxslarni kiritgan xodimlarni so`roq qilishda davom etmoqda.

Voqeaga guvoh bo`lganlar, ijtimoiy tarmoq orqali voyaga etmagan qizlar spirtli ichimlik ichib olib, hayvonot bog`iga kirishganini, yo`lbars qizning oyog`ini qo`yib yubormay, 40 daqiqa davomida g`ajiganini yozib qoldirishgan.

Bolalar ombudsmeni Pavel Astaxov, qizlarning bunday ahvolga tushishlariga o`zlari sababchi deb ta`kidladi. Uning fikricha, “axmoqlik va bezorilik” odamni shunday ayanchli ahvolga soladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!