Afg`oniston poytaxtida portlash yuz berdi

15:23, 11 aprel

Afg`oniston poytaxti Qobul shahrida ro`y bergan portlash oqibatida ikki kishi halok bo`lgan, besh kishi og`ir tan jarohati olgan deb xabar berdi, “Lenta.ru” nashri.

Nashrning ma`lumot berishicha, bugun 11-aprel kuni Qobulning sharqiy qismidagi Bagrami tumanida qo`lbola portlovchi modda yordamida portlash ro`y berdi. Polisiyachilarning so`zlariga qaraganda, portlovchi modda maorif vazirligida ishlovchi xodimlarni olib ketayotgan avtobusga o`rnatilgan. Bu teraktni Afg`oniston hududida harakatda bo`lgan birorta terrorchilik guruhi o`z bo`yniga olgani yo`q. 

So`nggi oylarda Afg`onistonda vaziyat keskinlashgan, mamlakat hududida “Islom davlati” terrorchilik guruhining ta`siri kengaygan. “Islom davlati” terrorchilik guruhi saflariga  Afg`onistonda 1994-yilda dunyoga kelgan “Tolibon” islom harakatidan ajrab qolgan odamlar kirgan.

2015-yilning aprel oyida bu ikki guruh bir-biriga qarshi jihod e`lon qilib, “Tolibon”lar “Islom davlati” terrorchilik guruhini qahri qattiqlikda ayblagan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!