O`zbekistonlik matematik mingyillikning masalasini echganini ma`lum qildi

15:28, 11 aprel

Qarshi Davlat universiteti matematigi Shokir Dovlatov mingyillikning oltinchi masalasini echganini ma`lum qildi. Masala echimi u tomonidan arXiv.org saytiga joylashtirildi.

Davlatovning ma`lum qilishicha, ilmiy ishda mingyillikning oltinchi masalasi echimi keltirilgan, ya`ni Nave-Stoks masalasining yagona echimi mavjudligi isbotlangan. 

arXiv.org saytidagi ish rus tilida yozilgan, uning anotasiyasi esa ingliz tilida keltirilgan. Dovlatov Qarshi Davlat universitetida matematika kafedrasi xodimi sifatida qayd etilgan. arXiv.org saytida muallifning boshqa maqolalari yo`q.

So`nggi marta ming yillikning masalalsini 2002 yilda rossiyalik matematik Grigoriy Perelman echib, u ham arXiv.org saytiga joylagan. Mazkur kashfiyot xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan tan olingan. 

2014 yilda mingyillikning oltinchi masalasini echgani haqida qozog`istonlik matematik Muhtorboy Otelbaev ham ma`lum qilgan. Biroq uning echimi xatoligini amerikalik matematik isbotlab bergan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!