Ijtimoiy tarmoqlarda Murod Rajabovning o`limi haqida yolg`on xabar tarqatildi

15:34, 11 aprel

Bugun, 11 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali O`zbekiston xalq artisti, aktyor Murod Rajabovning o`limi haqida xabarlar tarqaldi. Bu xabarlar ko`plab muxlislarning xavotiriga sabab bo`lgandi, deb yozadi “Kun.uz” sayti.

Nashrning aktyorga yaqin manbasidan olingan ma`lumotiga ko`ra, bunday xabarlarning barchasi asossiz bo`lib, ayni vaqtda Murod Rajabov soppa-sog` holatda.

Qayd etish kerakki, keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda, xususan Telegram’dagi bir qancha guruhlar shu kabi mashhur kishilar hayotiga oid yolg`on va to`qib chiqarilgan ma`lumotlar tarqatish orqali o`quvchi yig`ishni odat qilgan. Jumladan, Alisher Uzoqov, Abdurayim Abduvahobov kabi aktyorlarning o`limi haqida, shuningdek, san`at olamining yana bir qancha namoyondalari haqida yolg`on-yashiq mish-mishlar tarqatildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!