89 yoshli britaniyalik kampir uyiga kirgan o`g`rini urib, haydab chiqardi

15:46, 11 aprel

Buyuk Britaniyaning Surrey grafligida yashovchi 89 yoshli Greys Smit ismli kampir uyiga o`g`rilikka tushgan o`g`rini qo`liga tushgan buyum bilan kaltaklab, quvib yubordi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Greys Smitning aytishicha, kechqurun endigina sevimli teleshousini ko`rishga tayyorlanib turganida uyi ostonasida turgan begona erkakka ko`zi tushgan. U eshikni taqillatgancha, kampirga orqa hovlida turgan narsani ko`rsatmoqchi ekanligiga ishontirmoqchi bo`lgan. Ammo kampirning uyga kiritish niyati yo`qligini ko`rgan o`g`ri uni itarib yuborib, xonama-xona izg`ib, uydan qimmatbaho buyumlarni izlay boshlagan.

“O`g`ri meni bir urib, qulatishi mumkin edi, ammo o`sha paytda bu haqda o`ylash hayolimga ham kelmadi. Fikri-zikrim buyumlarimni saqlab qolishda bo`ldi”,– deydi Greys Smit.

Shunda ayol qo`liga tushib qolgan yog`och tayoq bilan kaltaklashga tushgan, lampa boshiga kelib tushgandan keyin o`g`ri hech narsaga qaramay, jonini saqlash umidida voqea joyidan qochib ketgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!