DAISh Evro–2016 davomida terakt sodir etishni rejalashtirayotgani ma`lum bo`ldi

16:11, 11 aprel

DAISh ekstremistik guruhi joriy yilning yozida Fransiyada bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha Evropa chempionatida terakt sodir etishini ma`lum qildi. Bu haqda Fransiyaning Liberation nashri xabar bermoqda

Ushbu xabarni yaqindagina Belgiyada bo`lib o`tgan teraktlarda qo`lga olingan 31 yoshli Muhammad Arbini tasdiqladi. Endilikda Fransiya hukumati xavfsizlik choralarini kuchaytirishni yo`lga qo`yadi. 

Eslatib o`tamiz, Evro–2016 turniri 10 iyundan 10 iyulga qadar davom etadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!