Messi pul topish bo`yicha Ronaldu va Neymarni ortda qoldirdi

10:30, 12 aprel

“Barselona” klubi va Argentina termasi  hujumchisi Lionel Messi 2015 yilda daromad topish bo`yicha dunyodagi barcha futbolchilar orasida birinchi o`rinni egalladi. 

Uning o`tgan yilgi daromadi 74 mln evroni tashkil qildi, deb xabar qilmoqda France Football.

Messi 2014 yilgiga nistaban 9 mln evro ko`proq pul ishladi. Ikkinchi o`rindan “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu joy olgan bo`sla (67,4 mln evro), kuchli uchlikka Messining klubdagi jamoadoshi Neymar (43,5 mln evro) yakun yasadi. 

Murabbiylar orasida ayni “Chelsi” sobiq ustozi Joze Mourino 2015 yilda barchadan ko`p daromad olgan – 24 mln evro. Kuchli uchlikdan “Bavariya” ustozi Pep Gvardiola va Rossiya termasi sobiq murabbiyi Fabio Kapello joy egalladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!