O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Hindiston xalqiga hamdardlik bildirdi

10:46, 12 aprel

2016 yilning 11 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Hindiston Respublikasi Prezidenti Pranab Kumar Mukerji va Bosh vaziri Narendra Modiga Kollam shahridagi ibodatxonada hinduiylik yangi yilini nishonlash vaqtida yuz bergan katta yong`in oqibatida ko`plab insonlar qurbon bo`lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik ifodalangan maktublar yo`lladi.

Davlatimiz rahbari halok bo`lganlarning oila a`zolariga va yaqinlariga hamda jabrlanganlarga chuqur hamdardlik so`zlarini bildirdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!