Stavropolda o`zini portlatib yuborgan hudkush-terrorchilarning shaxsi aniqlandi

10:54, 12 aprel

Stavropol o`lkasi Novoselisskiy tumani IIB binosi oldida o`zini portlatib yuborgan uch hudkush-terrorchining shaxsi aniqlandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” Rossiya tergov qo`mitasi ma`lumotlariga asoslanib. 

Ular ilgari bir necha marotaba sudlangan, (shu jumladan, qotillik jinoyati bo`yicha) mazkur tumandagi Kitaevskiy qishlog`ida yashovchilar: (1983 yilda tug`ilgan)  Zaur Akaev, Ramazan Xaybulaev (1991) va Isay Abdulatipov (1996) lar ekanligi ma`lum bo`ldi.

Tergov qo`mitasining taxminiga ko`ra, 11 aprel kuni terrorchilar polisiya binosiga kirmoqchi bo`lishgan va o`zlarini portlatib yuborishgan. Oqibatda polisiya binosi va uning atrofidagi avtomashinalar jiddiy zarar ko`rgan.

Polisiyachilar va mahalliy aholi hech qanday talofot ko`rmagan. Huquq-tartibot idoralari xodimi hayotiga xavf solish bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan. Tumanda kotrterroristik operasiyalar tartibi e`lon qilingan.

Gubernator Vladimir Vladimirovning farmoyishiga binoan, tibbiyot muassasalari, maktablar va bolalar bog`chalari nazorat ostiga olinib, kunu-tun qo`riqlanmoqda. Jamoat trasnportlarida ham xavfsizlik choralari ko`rildi. 11-12 aprel kunlari Stavropol o`lkasida barcha madaniy-oqartuv tadbirlari bekor qilindi.

Eslatib o`tamiz, hudkushlar kecha 11 aprel kuni Stavropoldagi IIB binosi oldida o`zlarini portlatib yuborgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!