Keniyada 23 nafar chaqaloq noma`lum kasallikdan vafot etdi

10:55, 12 aprel

Keniyaning Nakuru va Baringo viloyatlarida 23 nafar chaqaloq noma`lum kasallikdan vafot etgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Ma`lumotlarga ko`ra, haroratning ko`tarilishi, yo`tal, holsizlik va terlashdan aziyat chekkan 215 bemor aniqlangan. Avvaliga bu yuqumli zotiljam kasalligi bo`lsa kerak, deb taxmin qilindi. Ammo Keniya tibbiyot instituti tomonidan o`tkazilgan tahlil natijalari bu taxminni rad etdi. 

O`tgan yili Keniyada 60 kishi sanitariya ahvolining yomonligi, kanalizasiya tizimining yaxshi ishlamasligi oqibatida vabo kasalligiga chalinib, vafot etgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!