Ko`k choy haqida hamma bilishi lozim bo`lgan 5 fakt

12:12, 12 aprel

Ko`k choy eng foydali ichimlik ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Uning sog`liqqa qanday foydasi bor?

Ozishga yordam beradi

Ko`k choy haqiqatan ham ozishga yordam beradi, uning tarkibidagi antioksidant (epigallokatexina gallat) foydali xususiyatlaridan tashqari organizmadagi yog`ning erishiga yordam beradi. Bundan tashqari kzk choy tarkibiga flavonoidlar, polifenollar, taninlar va katexinlar ham kiradi. Bu moddalar inson organizmida moddalar almashinuvi, uglevodlar almashinuvida qatnashib xolesterin miqdorini kamaytiradi.

Xotirani mustahkamlaydi

Ba`zi bir tadqiqotlar ko`k choy miya faoliyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatishini tasdiqladi. Ko`k choy ichgandan keyin inson echimi qiyin bo`lgan misol va masalalarni ham birpasda echib tashylaydi. Ko`k choy Alsgeymer (xotirani yo`qotish) kasalligi rivojlanishining ham oldini oladi. Ko`y choy tarkibidagi kofein markaziy asab tizimiga ta`sir qilib, insonni tetiklashtiradi. Moddalar ta`siri qahvaga qaraganda choyda uzoqroq saqlanadi.

Qon bosimini pasaytiradi

Vrachlarning ta`kidlashicha, qon bosimi past bo`lgan odamlar, homilador ayollar kam miqdorda ko`k choy iste`mol qilishlari lozim. Qon bosimini tushirish uchun dori ichgan bemorlar, doridan keyin ko`k choy ichmay turganlari ma`qul, chunki ikki piyola ko`k choy dorining ta`sirini kuchsizlantirib qo`yishi mumkin.

Revmatoid artritning og`rig`ini kamaytiradi 

Ko`k choyning eng muhim komponentlaridan biri bo`lgan — antioksidant epigallokatexin-3-gallat — bo`g`imlardagi og`riqni, shamollashni kamaytirib, suyak to`qimasidagi va tog`aydagi shikastlarning tezroq tuzalishiga yordam beradi.

Temir moddasining ta`sirini kamaytiradi

Ko`k choydagi antioksidant va shamollashga qarshi xususiyatlar temir moddasi bilan birga inson organizmiga tushadi. Bu ikki moddaning qo`shiluvi temir elementining foydali xususiyatini yo`qqa chiqarishi mumkin. Shuning uchun temir moddasiga boy bo`lgan mahsulotlarni ko`k choy bilan iste`mol qilmasdan, alohida egan ma`qul.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!