Peterburg harbiy gospitalidan ikki hamshiraning jasadi topildi

12:19, 12 aprel

Sankt-Peterburg okrug harbiy gospitali ruhiy kasalliklar bo`limida davolanayotgan uch bemor ikki hamshirani o`ldirib, voqea joyidan yashiringan. 

Okrug qo`mondonligi huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birgalikda gumonlanuvchilarni qidirib-topishga kirishdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Voqea seshanba, 12 aprelga o`tar kechasi ro`y bergan. Shahar markazida joylashgan Solovev nomli 442-okrug harbiy klinik gospitalining ruhiy kasalliklar bo`limi hududidan tunggi soat 00:30 da ikki hamshiraning jasadi topilgan.

Davolanayotgan uch nafar harbiy xizmatchi ham yo`qolgan. Gumon qilinayotganlar oddiy askarlar David Ziganshin, Aleksandr Tomskiylar va harbiy-kosmik akademiyasi kursanti Stepan Dasenkolardir. Ular harbiy kiyimda bo`lishgan. 

Ularni qidirib topish uchun Leningrad viloyati va Sankt-Peterburg IIB barcha shaxsiy tarkibi safarbar qilingan. Mehmonxona, yotoqxona, ijara uylar va vokzallarni yalpi tekshiruvdan o`tkazish ko`zda tutilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!