Malayziyada dunyodagi eng uzun ilon jon berdi

12:20, 12 aprel

Malayziyada dunyodagi eng uzun ilon jon bergan. Uning o`ligini mahalliy ishchilar qurilish maydonchasidagi qulagan daraxt tagidan topishgan, deb xabar berdi “lenta.ru” nashri. 

Ilonning o`limi sabablari noma`lum. Bu ilon shu paytgacha ushlangan ilonlar orasidagi eng uzuni bo`lib, uning uzunligi 8 metrni tashkil etgan. Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan, Meduza nomli eng katta ilonning uzunligi 7 metru 67 santimetr, og`irligi esa 158 kilogramm bo`lgan. 

Malayziyadan topilgan ilonning og`irligi esa 250 kilogramm.

Hozircha Malayziyadan topilgan ilonning uzunligi va og`irligini ko`ngillilar o`lchagan, rekordni qayd qiluvchilar tomonidan rasmiy o`lchovlar o`tkazilmagan.

To`rsimon naqshli ilonlar – eng yirik ilonlar oilasiga mansub. Ular umurtqali sut emizuvchilar, echki va boshqa tuyoqlilar, hattoki ayiqlar bilan ham oziqlanadi. U janubiy va janubi-sharqiy Osiyoda keng tarqalgan. Insonlarga xavf tug`dirishiga qaramay, bu ilondan turli qiziqarli shoularda, sirkda foydalanilib kelinadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!