Peterburg polisiyasi hamshiralarning qotillarini topish uchun aeroport va vokzalni tekshirmoqda

12:22, 12 aprel

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi harbiy gospitalda o`ldirilgan ikki nafar hamshiralarning qotillarini topish uchun mudofaa vazirligining maxsus komissiyasi tuzildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

Voqea seshanba, 12 aprelga o`tar kechasi ro`y bergan. Shahar markazida joylashgan Solovev nomli 442-okrug harbiy klinik gospitalining ruhiy kasalliklar bo`limi hududidan tunggi soat 00:30 da ikki hamshiraning jasadi topilgan.

Davolanayotgan uch nafar harbiy xizmatchi ham yo`qolgan. Gumon qilinayotganlar oddiy askarlar David Ziganshin, Aleksandr Tomskiylar va harbiy-kosmik akademiyasi kursanti Stepan Dasenkolardir. Ular harbiy kiyimda bo`lishgan. 

Ularni qidirib topish uchun Leningrad viloyati va Sankt-Peterburg IIB barcha shaxsiy tarkibi safarbar qilingan. Mehmonxona, yotoqxona, ijara uylar va vokzallarni yalpi tekshiruvdan o`tkazish ko`zda tutilgan.

Ayni paytda shahardagi aeroport va vokzallar qattiq tekshiruvdan o`tkazilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!