Keyt va Uilyam Hindistonni zabt etdi: qirollik oilasining mahorajalar yurtidagi ilk kuni

15:49, 12 aprel

10 aprel kuni Kembrij gersogi va gersoginyasi rasmiy tashrif bilan Hindistonga uchib keldi. Shahzoda Uilyam va Keyt Middltonlar ularni kutib olgan Hindiston hukumati vakillarini o`zlariga maftun qildi. Ular sportchi-bolalar bilan kriket o`ynashdi, shaharning diqqatga sazovor joylarini, xarobazorlarini tomosha qilishdi, Bollivudda uyushtirilgan kechada mashhur kinoyulduzlar bilan uchrashishdi, deb xabar berdi “Woman.ru ” nashri. 

 

Yakshanba, 10 aprel kuni Buyuk Britaniyaning yosh qirollik oilasi bo`lmish shahzoda Uilyam va Keyt Midltonlar mamlakatlarining sobiq koloniyasi bo`lmish Hindiston bo`ylab rasmiy sayohat uyushtirdilar. Kembrij gersogi va gersoginyasini Hindiston ahli iliq kutib oldi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!