Taylandda mast haydovchilarni jazolash maqsadida o`likxonalarga ishlashga yuborish yo`lga qo`yildi

16:33, 12 aprel

Tayland hukumati mast holda avtomobil boshqargan haydovchilarni tarbiyalash maqsadida, bunday holatda mashina haydash qanday oqibatlarga olib kelishini ko`rsatish niyatida ularni o`likxonada ishlashga majbur qilmoqda, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Ilgari hukumat mast holda avtomobil boshqargan haydovchilarning avtomobillarini olib qo`yishni rejalashtirgan bo`lsa, ammo endi jazoning boshqa og`irroq turini o`ylab topdi. Endi mast holda qo`lga tushib, sud aybdor deb topgan haydovchilar o`likxonani tozalash, murdalarni tashish ishlariga jalb etiladigan bo`ldi. Ular shuningdek, kasalxonalarda ham ishlashadi. Hukumat vakillarining fikricha, bunday jazodan keyin haydovchilar rulga mast holatda o`tirishga chek qo`yishadi.

10 apreldan 17 aprelga qadar Taylandda an`anaviy Songkran (tay Yangi yili) keng nishonlanadi. 13,14 va 15 aprel rasmiy bayram, dam olish kunlari hisoblansa-da, taylandliklar bir necha kunlik mehnat ta`tili olib, oilalari bag`rida yangi yilni kutishadi. 10 apreldan 17 aprelgacha bo`lgan bunday shodiyona kunlar Taylandda eng xavfli kunlar hisoblanadi. Statistik ma`lumotlarga ko`ra, 7 kunlik bayram davomida mamlakatda YTH oqibatida soatiga 2-3 kishi halok bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!