20 daqiqada tayyor bo`ladigan mazali 7 ta kechki taom

10:10, 13 aprel

Ishdan charchab qaytgan paytlarda iloji boricha tezroq pishadigan ovqat tayyorlashga harakat qilamiz. Kam vaqt sarflanadigan, oson tayyorlanadigan va mazali ovqat tanovul qilishni istab qolamiz.

AdMe.ru nashri sizga ana shunday qisqa fursatda tayyorlanadigan ovqatlar reseptini tavsiya qiladi, ularni tayyorlash uchun bor-yo`g`i 20 daqiqa vaqt sarflaysiz.

Gulkaramdan kremli sho`rva

Kerakli masalliqlar:

•  1 kg gulkaram
•  2 ta tuxum sarig`i
•  bir porsiya uchun 30 g brinza
•  70 g saryog`
•  100 g qaymoq
•  200 g sut
•  tuz, murch

Tayyorlanishi:

1.  Gulkaram barglarini yuvib, namakob suv solingan kastryulkaga solamiz va 10 daqiqa davomida qaynatib olamiz.
2.  Gulkaram qaynab chiqqach, suvini to`kib tashlaymiz.
3.  Alohida idishda saryog`ni eritamiz va unga 2 stakan sovuq suv quyib, o`rtacha olovda 5 daqiqa davomida qaynatib olamiz. Unga qaynatilgan gulkaram, sut solib, yana 5-7 daqiqa davomida qaynatamiz.
4.  Olovni pasaytramiz. Kastryulkaga qaymoq, tuxum sarig`ini solib, blender yordamida hammasini aralashtiramiz.
5.  Tayyor sho`rvaga brinza, ta`bga ko`ra tuz va murch solinadi.

Avakado sousi qo`shilgan krevetkali ugra

Kerakli masalliqlar:

•  2 ta yaxshi pishgan avokado
•  ismaloq
•  1/4 stakan laym sharbati
•  2 osh qoshiq zaytun yog`i
•  1 bo`lak sarimsoqpiyoz
•  1 choy qoshiq tuz
•  1/4 choy qoshiq maydalangan qora murch
•  370 g un pastasi
•  pastadan qolgan 1/2 stakana bulon
•  400 g tozalangan krevetkk
•  2 osh qoshiq maydalangan kinza

Tayyorlanishi:

1.  Maydalangan avokadoga ismaloq, 2 osh qoshiq laym sharbati, 1 oshqoshiq zaytun yog`i, sarimsoqpiyoz, tuz, qora murchni solib, qorishma holiga kelguncha aralashtiramiz va bir chekkaga olib qo`yamiz.
2.  Pastani qaynatib olamiz. Suyuqlikni chovlidan o`tkazib olishdan oldin, alohida idishga yarim stakan olib qo`yamiz.
3.  Tovaga bir osh qoshiq zaytun yog`i solib, qizdiramiz. Krivetkalarni yupqa qavat qilib, taxlaymiz. Ularning ustidan tuz solib, 2 daqiqa qovurib olamiz. Ularni sekin ag`darib, orqa tomonini ham qizartirib olamiz. Yana bir daqiqa yaxshilab qovurib, olovni o`chiramiz.
4.  Krevetkalarga 2 oshqoshiq laym sharbati va 2 choy qoshiq kinza solib, aralashtiramiz. 
5.  Pastani chuqur idishga solamiz. Avokadoli sousni iliq pastaga qo`shamiz. Agar u juda quyuq bo`lsa, kerakli suyuqlikka erishish uchun ugraning sho`rvasidan 2 osh qoshiq qo`shamiz.
6.  Krevetkalarning ustidan pastani quyib, lazzatli taomni maza qilib, tanovul qilamiz.

Nafis losos

Kerakli masalliqlar:

•  2 ta losos filesi
•  1 osh qoshiq donali gorchisa
•  1 osh qoshiq dijon gorchisasi
•  1 choy qoshiq zarang sharbati
•  1 choy qoshiq zaytun yog`i (rafinadlangan)
•  tuz, murch

Tayyorlanishi:

1.  Losos filesi xona haroratida bo`lishi lozim.
2.  Duxovkani 200 daraja issiqlikda qizdiramiz.
3.  Duxovka patnisiga pishiriq qog`ozini qo`yib, yog` surtamiz.
4.  Baliqni qog`oz salfetka yordamida quritamiz. Baliqning terisini pastga qilib, patnisga teramiz.
5.  Gorsicha, yog` va zarang sharbatini aralashtiramiz.
6.  Hosil bo`lgan sousni baliqning ustidan quyamiz.
7.  10 daqiqa davomida duxovkada pishirib olamiz.

Asal qo`shilgan Bryussel karami

Kerakli masalliqlar:

•  Bryussel karami
•  1,5 choy qoshiq saryog`
•  1,5 choy qoshiq asal
•  1/2 choy qoshiq gorchisa
•  tuz, murch
•  bir chimdim quritib, maydalangan shivit

Tayyorlanishi:

1.  Bryussel karamini kastryulkadagi namakob suvga solamiz.
2.  8-10 daqiqa davomida karam yumshaguncha qaynatib olinadi.
3.  Alohida, kichkina idishda saryog`, asal, gorchisa, tuz, murch va quritilgan shivitni aralashtirib oling.
4.  Karamni dasturxonga tortishdan oldin uning ustidan tayyor sousni quying.

Pomidorli salat 

Kerakli masalliqlar:

•  3 dona yangi uzilgan pomidor
•  1/2 avokado
•  1/2 bosh piyoz
•  2 osh qoshiq limon sharbati
•  2–3 osh qoshiq o`simlik moyi
•  tuz, murch, ko`katlar

Tayyorlanishi:

1.  Avakodani kubik shaklida, maydalab to`g`rab olamiz. Ustiga limon sharbati quyib, aralashtiramiz. Maydalangan avakado solingan idishga ular qorayib qolmasligi uchun danagini ham solamiz.
2.  Piyozni ingichka, xalqacha shaklida to`g`raymiz, ustiga qaynoq suv solib, 2-3 daqiqaga olib qo`yamiz. Keyin suvini to`kib, piyozni sovitishga olib qo`yamiz.
3.  Pomidorni mayda qilib to`g`raymiz.
4.  Salat idishiga avokado, piyoz va pomidorni solib, ta`bga ko`ra tuz, murch solamiz, ustidan yog` quyamiz. Dasturxonga tortishdan oldin avakado danagini olib qo`yamiz va ustini ko`katlar bilan bezaymiz.

Kartoshkali kotletlar

Kerakli masalliqlar:

•  3 osh qoshiq o`simlik yog`i
•  450 g kartoshka
•  tuz va murch

Tayyorlanishi:

1.  Kartoshkani katta tishli qirg`ichdan o`tkazing.
2.  Uni porsiya qilib, dokaga solib, suvini siqib oling.
3.  Tovada yog`ni qizdirib oling.
4.  Yog` qizigandan keyin qirg`ichdan chiqarilgan kartoshkani tovaga bir tekisda yoyib chiqing. Bu qatlamning qalinligi 1 sm.dan oshmasligi kerak. Unga ta`bga ko`ra tuz va murch seping.
5.  5-7 daqiqa davomida qovuring, keyin hosil bo`lgan kulcha nonni ag`darib, yana          5-7 daqiqa qovuring.

Tuxumli sukini 

Kerakli masalliqlar:

•  o`rtacha kattalikdagi 2 dona sukini 
•  1/2 piyola un
•  2 dona tuxum
•  2 osh qoshiq tuz
•  1–2 osh qoshiq zaytun yog`i

Tayyorlanishi:

1.  Sukinini 0,5-1 sm qalinlikda to`g`rab oling.
2.  Bitta tarelkaga un soling, ikkinchisiga tuxum chaqib oling. Har bir tarelkaga 1 osh qoshiqdan tuz solib, yaxshilab aralashtiring.
3.  Tovaga yog` solib, o`rtacha olovda qizdiring.
4.  Sukini bo`lakchalarini avval unga bulab oling, keyin tuxumga botiring va tovaga joylang.
5.  Uning har ikkala tomonini 3-4 daqiqa davomida tilla rangga kirguncha qovuring.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!