14 aprel kuni Qozog`iston Prezidenti O`zbekistonga tashrif buyuradi

10:31, 13 aprel

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev 2016 yil 14-15 aprel kunlari amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo`ladi. 

Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi uchrashuv chog`ida davlat rahbarlari O`zbekiston va Qozog`istonning turli sohalardagi o`zaro hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qiladilar.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!