“Islom davlati” terrorchilari Mosul yaqinidagi “Tangri darvozasi” yodgorligini vayron qilishdi

10:39, 13 aprel

“Islom davlati” jangarilari Iroqning Mosul shahri yaqinida joylashgan ikki ming yillik “Tangri darvozasi” nomli arxitektura yodgorligini vayron qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Bir zamonlar dunyoning eng katta shaharlaridan biri bo`lmish, qadimgi Assiriyaning Nineviya shahriga olib kiruvchi bu darvoza “Tangri darvozasi” deb atalgan. Jangarilar uni vayron qilish uchun harbiy texnikadan foydalanishgan. Manbaning ma`lumot berishicha, jangarilar Nineviya devorlarini qismlarga bo`lib, sotib yuborishgan. 

Darvozani vayron qilish terrorchilarning ilk ishi emas, ular har qanday zabt etgan hududdagi mavjud yodgorliklarni yo`q qilib kelishmoqda.

2015 yilning fevral oyida terrorchilar Mosul shahri muzeylarini, shahardagi tarixiy haykallarni, shu jumladan Assiriya Xudosi hisoblanmish shohdor buqaning yo`q qilinishi aks ettirilgan targ`ibot-tashviqot roligini chiqargan edi.

Bundan tashqari Mosul shahar kutubxonasining ham kuli ko`kka sovurilgan. Terrorchilar YuNESKO tomonidan tan olingan 100 mingdan ortiq qadimiy kitob va qo`lyozmalarni ham yoqib yuborishgan. Shahardagi va uning yon atrofida joylashgan tarixiy masjid, cherkov va ibodatxonalarni ham vayronaga aylantirishgan.

Ular Iroqning Palmira tarixiy shahriga jiddiy zarar etkazishgan edi. Ular shaharni bir necha oy qamal qilishgan, Suriya hukumati Rossiya aviasiyasi yordamida ularni Palmiradan quvib chiqargan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!