Britaniyalik ayol chiroyli selfi uchun 17 ming dollar sarfladi

10:54, 13 aprel

Buyuk Britaniyaning Richmond shahrida yashovchi ayol selfi suratlarda chiroyli ko`rinish uchun plastik jarrohlik amaliyoti uchun 17 ming dollar sarfladi, deb yozadi “Lenta.ru”.

28 yoshli Shelli Skinns burni va iyagi shaklini o`zgardi, shuningdek ko`zoynak taqishdan qutulish uchun ko`rish qobiliyatini yaxshilovchi jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.

“Vanihoyat selfilarim o`zimga yoqadigan bo`ldi va bundan o`zimni engil his etayapman”,—deydi Shelli.

Skinns 16 yoshidan boshlab selfiga tushishga qiziqadi. Biroq unga yuzidagi ayrim jihatlar yoqmasdi. Shuning uchun ham u plastik jarrohlik orqali o`zgarishga qaror qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!