Fransiyalik tadbirkor novvoyxonasini uysiz kishiga sotib yubordi

11:06, 13 aprel

Fransiyaning Dol shahrida yashovchi fuqaro o`zi asos solgan novvoyxonasini uysiz kishiga 1 evro evaziga sotib yubordi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

2015 yilning dekabr oyida Mishel Flaman is gazidan zaharlanib, vafot etishiga bir bahya qoldi.  O`shanda uni ko`chada yurgan uysiz kishi qutqarib qoldi. 37 yoshli Jerom Okan zudlik bilan qutqaruv xizmatiga qo`ng`iroq qildi. Jabrlanuvchining aytishicha, non pishiradigan pechdagi nosozlik bino ichida gaz hidi tarqalishiga sabab bo`lgan. 

Tadbirkor shifoxonadan chiqqach, hayotini saqlab qolgan uysiz kishini ishga oldi. Okan o`ta mas`uliyatli bo`lib, tezda ishga kirishib ketdi.  Shundan so`ng u biznesini shogirdiga arzimagan pulga sotishga qaror qildi. 

 “Meni pul emas, balki erkinlik qiziqtiradi. Men dam olishni istayman. Bu harakatim Jeromni xursand qilsa, buni nega amalga oshirmasligim kerak?”,—deydi Flaman.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!