O`zbekistonlik 13 yoshli Daler Shavkatov Ispaniyadagi raqs tanlovida birinchi o`rinni egalladi(Video)

11:24, 13 aprel

Samarqand shahridagi 4-sonli bolalar musiqa va san`at maktabi o`quvchisi Daler Shavkatov Ispaniyada o`tkazilgan Dancing Catalonia xalqaro tanlovida birinchi o`rinni egalladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Aytib o`tish kerakki, bu Dalerning xalqaro miqyosdagi ikkinchi yirik g`alabasi. U o`tgan yili Latviya poytaxti Riga shahrida o`tkazilgan xalqaro raqs tanlovida ham Gran-pri sovrindori bo`lgan edi.  O`shanda Rigaga ettita davlat vakillari tashrif buyurgan edi. Birgina O`zbekistonning turli viloyatlaridan 25 kishi mazkur tanlovda ishtirok etgan. Daler o`z raqslari bilan hakamlar hay`atini lol qoldirib, qolgan ishtirokchilarga yutish imkonini qoldirmadi. O`shanda Daler Ispaniya raqs qo`mitasi prezidenti David Japaridzening qo`lidan Dancing Catalonia xalqaro tanlovida ishtirok etish huquqini beruvchi sertifikatni qabul qilib oldi. Mazkur tanlov mart oyida Ispaniyaning Lloret-de-Mar shahrida o`tkazildi. Unda 11 mamlakatdan kelgan 200 nafardan ko`proq ishtirokchilar o`z iste`dodini namoyon qildi. Daler Shavkatov Street Dance nominasiyasida birinchi o`rinni egalladi. 

Quyida Dalerning Riga shahridagi chiqishini tomosha qilishingiz mumkin:

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!