Buyuk Britaniyada eyiladigan kelin ko`ylagi tayyorlandi

12:05, 13 aprel

Britaniyada ilk marta esa bo`ladigan kelin ko`ylagi tayyorlandi. Mazkur “libos” Londonda 16-17 aprelda bo`lib o`tadigan qandolat ko`rgazmasida namoyish etiladi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

O`ziga xos qandolat mahsuloti ustida Silviya Elba, Ivett Marner va rassom Ilinka Rniklar ishladi. Ayollar eyiladigan kelin ko`ylagini 300 soatda pishirib bo`ldi.

Shirinlikning uzunligi 170 santimetr, og`irligi 75 kilogramm. Ko`ylakni pishirish uchun minglab vafli bo`laklari,35 kilogramm  meva shirasi va 3 kilogramm tort bezaklari ishlatildi. 

Tort o`ta nafis va nozik ko`rinishi bilan kelinlar ko`ylagining xuddi o`zginasi, ammo uni kiyib bo`lmaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!