Yaponiyada robot – gumanoid o`rta maktabga o`qishga qabul qilindi

12:25, 13 aprel

Yaponiyaning Vaseda shahridagi o`rta maktablardan biriga Pepper robot-gumanoidi rasmiy ravishda o`qishga qabul qilindi

Ma`lumotlarga ko`ra, robot duyonda ilk marta bolalar bilan birga tahsil oladi. Maktabda robotning o`qishga qabul qilinishi munosabati bilan tadbir uyushtirildi. O`qituvchilar kelajakda turli anglashilmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun bolalarga robotni yaxshi o`rganib chiqish va u bilan bemalol istalgan mavzuda suhbat qurish imkonini berdi. 

Robot Pepper`ning aytishicha, u maktabga qabul qilinishini umuman kutmagan edi. Shuningdek, u imkon qadar yaxshi o`qishga harakat qilishini bildirgan. 

Robot nafaqat yapon tilida, balki ingliz tilida ham bemalol gapira oladi. Shuning uchun ham robotdan ingliz tilidagi darslarda keng foydalanish rejalashtirilgan.    

Pepper Aldebaran Robotics va SoftBank kompaniyalarining qo`shma loyihasi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, robot suhbatdoshining ovoz tembridan uning nimani his etayotganini aniqlay oladi. Robot insonlar bilan birga hayot kechirishga moslashtirilgan. U insonning tuyg`ularini tushunadi va shunga mos ravishda o`z egasi bilan suhbatlashib, unga maslahat bera oladi 

Robot Yaponiya texnika bozorida o`tgan yili sotuvga qo`yildi. Uning bahosi 1,8 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!