Xitoyda qurilishi krani qulashi oqibatida 12 kishi halok bo`ldi

14:52, 13 aprel

Janubiy Xitoyning Mayun poselkasi maydonida qurilish krani qulashi oqibatida 12 kishi halok bo`ldi. Xitoy mahalliy OAVlarning ma`lumotlariga ko`ra, ikki kishi bedarak yo`qolgan deb qayd etilgan.

Xabarda aytilishicha, qutqaruvchilar vayronalar ostidan 14 kishini qutqarib olishgan, ularning barchalari kasalxonada. Qutqaruvchilar halokat joyida ishni davom ettirishmoqda.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, qurilish kranining qulashi voqea sababi bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!