AQSh senatorlari 11 sentyabr voqelarida Saudiya Arabistonining qo`li borligini ma`lum qildi

14:53, 13 aprel

Amerika senatori Kirsten Jillibrand va sobiq senator Bob Grexemlar AQSh prezidenti Barak Obamani 2001 yil 11 sentyabr kuni sodir etilgan terakt haqidagi hisobotning maxfiy qismini oshkor qilishga chaqirdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Ikki partiyali komissiya tomonidan 2003 yilda tayyorlangan ushbu hisobot 800 sahifadan iborat. Mazkur hujjat bilan bemalol tanishish mumkin, ammo uning so`nggi 28 sahifasi milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan maxfiy deb e`lon qilingan edi. 

Grexemning aytishicha, o`sha paytda u ham tergov ishlarini olib borayotgan komissiya tarkibida bo`lgan. Hisobotda Butunjahon savdo markazi binosiga va Pentagonga urilgan samolyotlarni qo`lga olishda Saudiya Arabistoni fuqarolariga kim yordam berganligi mufassal bayon etilgan. Samolyot uchuvchilari AQShga hech qanday uchuvchilik tajribasisiz kelishgan. Ammo Saudiya Arabistoni hukumati yordami bilan moddiy jihatdan ta`minlanib, uchuvchilar maktabiga o`qishga kirishgan. Ammo ularni mamlakat hukumatimi, badavlat fuqarolarimi yoki xayriya jamg`armalari ta`minlagami degan savolga, Grexem “barcha sanab o`tilganlar”, deb javob berdi.

O`z navbatida Kirsten Jillibrand bu hujjatni “Barak Obamaning 21 aprel kuni Saudiya Arabistoniga qiladigan rasmiy tashrifi oldidan oshkor etish lozim”, dedi. Bu narsa ikki mamlakat prezidentlarining hisobotda ko`rsatilgan dolzarb mavzuni muhokama etishlariga sabab bo`lishini ta`kidladi.

Sobiq Florida kongressmeni va Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Porter Gossning fikricha, prezident Jorj Bush voqeaning siyosiy tomonini hisobga olib, Ar-Riyod bilan aloqalarning buzilishidan qo`rqib, hisobotning ma`lum qismini maxfiylashtirgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!