“Muhabbat tafti”: Arnav jinoyatchilar changalida qoldi...

15:03, 13 aprel

Teleasar qahramonlarini qanday sarguzashtlar kutmoqda? Siz sevib tomosha qilayotgan serialning voqealar rivoji bilan tanishtirishda davom etamiz.

Sahifa yakunida esa «Muhabbat tafti» da suratga tushgan aktyor-aktrisalar bilan kichik so`rovnomamiz bor.  O`tkazib yubormang! 

•  Kxushi Shyamni kuzatuvga olgan. Pistirmada turganida behosdan toyib ketib, yiqilgan Kxushini Shyamning sheriklari payqab qolishadi. Saldan keyin u Arnavga tegishli dorilarni jo`natma orqali qabul qiladi. Daliliy ashyolarni olib Kxushi dorixonaga yo`l oladi. 
•  Madxumatinikiga ketayotgan Kxushi Arnavni o`g`irlashda gumon qilayotgan kishilardan birini uchratib qolib, uning ortidan tushadi. Jinoyatchi Kxushini asir olib, xonaga qulflab qo`yadi. Arnav, Kxushini ham o`g`irlashganiga gumon qiladi. Akash Payyal bilan uchrashuvini unutadi. 
•  Jinoyatchilar Kxushiga ozor etkazishmoqchi bo`lishganida Arnav paydo bo`ladi. Mushtlashuvdan so`ng Arnav va Kxushi qochishga muvaffaq bo`lishadi. Akash Payyaldan uzr so`rab, birgalikda hamkorlik uchrashuviga borishni taklif etadi. 
•   Arnav va Kxushi kichik kulbaga yashirinishadi. Shu lahzada Arnavning hissiyotlari olovlanib, Kxushinga kapalak sovg`a qiladi. Jinoyatchilar ikkisining iziga tushadi. Arnav Kxushining boshiga musht tushirgach, u hushidan ketadi. Ustini berkitib, o`zi jinoyatchilarga taslim bo`ladi. 
•   Manorama Kxushining g`oyib bo`lganidan xabar topadi. Jinoyatchilar qo`ng`iroq qilib, po`pisa qilishadi. Manorama Kxushiga yordam berishga va`da beradi. 
•   Kxushi jinoyatchilarning manzilini aniqlaydi. Manzil tomon yo`l olganlarida Manorama ikkisini kuzatishayotganini sezib qoladi. 
•   Kxushi va Manorama jinoyatchilardan birining ko`ziga qalampir kukunini sepib, tashqariga qochadi. Taxmin qilingan manzilda Arnav berkitilgan uy haqida ma`lumotga duch kelishadi. Biroq ularning ishi Arnavning qochish haqidagi rejalarini chipakka chiqarishini bilisharmikan?  
•   Shyamga tashlangani uchun jinoyatchilar Arnavni do`pposlashadi. Shyamning jinoyatga aralashganidan  Arnav bexabar.  Arnavning duoi jonini qilayotgan Kxushinga, Nani, Anjali va Payyal  dalda berishga harakat qilishadi. 
•  Kxushi, Shyamning botinkasida qon yuqini ko`rib qoladi. O`ziga bildirmay, qondan namuna olib, tahlilga yuboradi. Tekshiruv xulosasiga ko`ra qon namunasi Arnavning qon guruhi bilan bir xil ekani tasdiqlanadi. Kxushi Nand Kishorega Arnavning o`g`irlangani haqida so`zlab beradi. Biroq Shyam jinoyatchi ekanini yashiradi. 
•  Anjaliga sayyohlik agentligidan qo`ng`iroq qilib, Shyamning sayohatga chiqish rejasi bilan tanishtirishadi. Kxushi, Shyamning diplomatini topib oladi. Ichida esa kalitlar ...
•    Diplomat ichida Arnavning qo`nish chiptasi topiladi. Kxushi, Shyamni chalg`itguniga qadar Nand Kishor diplomatni joyiga qaytaradi. Kxushi, Anjalidan katta miqdorda pul so`raydi. Bu holat, Shyamning nazaridan chetda qolmaydi. 
•  Arnavning mol-mulkini saqlab qolish uchun Kxushi hujjatga o`zgartirish kiritmoqchi bo`ladi. Ammo Shyam bunga to`sqinlik qiladi. Jinoyatchilardan birining uyali telefonini topib olgan Arnav, Kxushinga sim qoqadi. Kxushi jon holatda haqiqiy jinoyatchi Shyam deydi. Biroq Arnav uni eshitmaydi. 
•  Shyam va Kxushining birga ketganidan Anjalining jahli chiqqan. Shyamning ishonchini qozonish uchun Kxushi va Nand Kishore reja tuzishdi. 
•  Arnav va Kxushi sog`inch azobida... Nand Kishore va Kxushi, Shyamning ortidan poyloqchilik qilishadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!