Noyob ilon ov qilish uchun o`rgimchakka aylanadi(Video)

15:07, 13 aprel

O`rgimchak va zaharli ilonlardan qo`rqadigan kishilar hayvonot dunyosida har ikkala hayvonga mansub bo`lgan, ya`ni o`rgimchakka o`xshashga harakat qiladigan ilon borligini bilib qo`ysalar, foydadan xoli bo`lmaydi, deb xabar berdi “Vesti” nashri. 

“O`rgimchak dumli”, kamyob, shoxli fors zaharli iloni o`ljasini aldab ushlash uchun uning tumshug`i tagida “o`rgimchak” o`rnatilganga o`xshagan dumini likillatadi. Dumni “o`rgimchak” deb o`ylab, uni emoqchi bo`lishganda, o`zlari ilonga emish bo`lishadi. 

Eronning Ilom shahrida biolog Behzod Fotiniy boshchiligidagi olimlar guruhi bu turdagi ilonlarning ov qilishini o`rganishdi va videoga muhrlashdi. 

Ular ilonning ayyorona tarzda qiyofasini o`zgartirganini, atrofdagi toshloqqa moslashganining guvohi bo`lishdi. U qimirlamay, pistirmada yotganida faqatgina dumini likillatar, dumi o`rgimchakni eslatardi. Qush tuzoqqa ilinganini tushunmay, “o`rgimchak” ni emoqchi bo`lganida, zaharli ilon yashin tezligida zarba berib, uni o`ldiradi.

2001 yilga qadar bunday zaharli ilon bitta, Eronda 1968 yil ekspedisiya jarayonida topilgan bo`lib, mutaxassislar uning dumini tug`ma nuqson yoki anomal o`simta deb hisoblashgan edi. 2006 yilga kelib, adolat qaror topdi va bu ilon yangi kashf etilgan hayvon sifatida qayd etilgan. Olimlar ilonning dumi o`ljani ushlash uchun xizmat qiladi deb taxmin qilgan edi. Olingan video ularning farazi to`g`riligini tasdiqladi. 

Ammo mahalliy qushlar ilonning bunday odati borligini yaxshi bilishgandan juda ehtiyotkor bo`lib ketishgan. Tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, ilonning bu turi tug`ilgandan darhol o`ziga xos dumi o`sa boshlaydi va balog`atga etgunga qadar o`sishdan to`xtamaydi. Faqatgina balog`atga etgan ilonlargina shu usulda ov qila oladi. Ba`zida qushlar yolg`onchinining dumini rostdan ham cho`qib, unga tan jarohati etkazishadi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!