Shahzoda Matchonova: “Avvallari muhabbat uchun hamma narsaga tayyor edim, hozir esa...”

15:33, 13 aprel

Aktrisa Shahzoda Matchonova Instagram`dagi shaxsiy sahifasida sevgi-muhabbat borasidagi fikrlarini yozib qoldirdi.

“5 yil avval ‘Muxabbat uchun xamma narsaga tayorman’, deya olardim. Hozir esa bunga butunlay boshqacha javob beraman: ‘Muhabbat uchun xamma narsaga tayyor emasman’. Sababi, muhabbat uchun hayotingdagi nimadandir voz kechib, nimanidir qurbon qilganing bilan bu oxiri yaxshilikka olib kelmasligi, inson baxtsiz bo`lib qolishi mumkin. Albatta, men ‘majburlash’ haqida gapiryapman. (Inson o`z xohishlari bilan shu masalaga kelsa, bu boshqa gap). Beg`ubor, haqiqiy muhabbat insondan hech qanday qurbonlik talab kilmaydi. Chindan sevgan inson o`zi sevgan insoni qanday bo`lsa, shundayligicha, ya`ni boricha qabul qiladi.

Bunday muhabbat xayotda bor va shunday muhabbatga ishonaman. Aynan shunday muxabbatgina olamga mehr ulashadi. Bu, albatta, mening shaxsiy fikrim”,—deydi aktrisa.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!