Kun hikmati

16:52, 13 aprel

Og`izga kelganini demak nodonning ishi,
Oldig`a kelganin emak hayvonning ishi.

Alisher Navoiy

Beodoblik faqat qilmishda emas, so`zda ham bo`ladi.

Abul Faroj

Odamlar oz so`zlay turib, ko`p narsani ifodalay olganlari holda, farosatsizlar esa, aksincha, to`xtovsiz gapirib, baribir hech narsa bermaslik xususiyatiga egadirlar.

Fransua Laroshfuko

Tajriba bizga qayta-qayta shuni isbotlaydiki, odamlar o`z tillariga boshqa hamma narsadan ko`ra ham kamroq hukmrondirlar.

Benedikt Spinoza

Bekorchi odamlar doimo sergap bo`ladilar. Qancha kam o`ylaganing sari shuncha ko`p gapirasan.

Sharl Monteske

Har narsadan o`zni tiyish uchun odamga kuch kerak, lekin shular orasidan eng qiyini tilni tiyishdir. Eng muhimi ham aslida shu.

Lev Tolstoy

O`z tilini idora qilolmagan odamda haqiqat bo`lmaydi.

Maxatma Gandi

Bilganingni hamma vaqt ham gapiraverma, ammo gapirayotganingni esa hammavaqt bil.

Mattius Klaudius

Umuman olganda, kam biladiganlar ko`p gapiradi, ko`p biladiganlar esa,kamgap bo`ladilar.

Jan Jak Russo

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!