Barnaulda yo`lbars hujum qilgan qiz operasiya qilindi

17:02, 13 aprel

Rossiyaning Barnaul shahrida yo`lbarsning hujumiga uchragan qizchaning oyog`ini operasiya qilishdi. Bu haqda Barnauldagi 12-sonli shifoxona ma`muriyatiga asoslanib, “Vesti” nashri xabar bermoqda.   

Ma`lumotlarga ko`ra, hozirda qizchaning oyog`idagi yara besh martaga kichraygan va uning ahvoli qoniqarli. 

Eslatib o`tamiz, 10 aprel kuni Barnaul shahridagi “O`rmon ertagi” hayvonot bog`i hududiga ikki nafar voyaga etmagan qizlar o`zboshimchalik bilan kirib olishgan edi. Qizlardan biri yo`lbarsga yaqinroq joyda suratga tushish uchun panjara to`sig`idan o`tib olgan. Yo`lbars qizning oyog`iga xujum qilishi oqibatida u jiddiy jarohatlangan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!