“Moskva-Siti”da halok bo`lgan shaxs O`zbekiston fuqarosi ekanligi ma`lum bo`ldi

21:37, 13 aprel

Moskva shahrida qurilayotgan “Moskva-Siti” osmono`par binosining 84-qavatidan o`zini tashlagan erkakning shaxsi aniqlandi. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar bermoqda.

Moskva shahri huquq-tartibot organlari xodimlarining ma`lumotiga ko`ra, vafot etgan shaxs 1994 yilda tug`ilgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lgan. U “Moskva-Siti” majmuasida qurilish firmasi tomonidan yollanma ishchi sifatida faoliyat yuritgan.  Uning o`limi o`z joniga qasd qilish sifatida tasnif etilmoqda.

 Eslatib o`tamiz,bugun 13 aprel kuni “Moskva-Siti” binosi yonidan ishchilardan birining jasadi topilgan edi.

 

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!