Dunyoning eng kuchli 20 darvozaboni aniqlandi

22:11, 13 aprel

Angliyaning mashhur The Telegraph nashri dunyodagi eng kuchli darvozabonlar 20 taligini e`lon qildi. Unga ko`ra, Germaniya terma jamoasi va "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer ushbu ro`yxatdan birinchi o`rinni egalladi. 

Ikkinchi o`rin Ispaniya termasi va  "Manchester Yunayted" klubi darvozaboni David De Xeaga nasib qildi. Kuchli uchlikdan Italiya termasi darvozaboni Janluiji Buffon joy oldi. 

Mazkur ro`yxatda, shuningdek, “Barselona”ning ikki posboni – Klaudio Bravo va Ter Shtegen, “Real” darvozaboni Keylor Navas, “Chelsi” a`zosi Tibo Kurtua, “Arsenal” posboni Petr Chex ham joy olgan. 

The Telegraph talqini bo`yicha dunyoning eng kuchli 20 darvozaboni:

1. Manuel Noyer (Germaniya, Bavariya);
2. David De Xea (Ispaniya, Manchester Yunayted);
3. Janluiji Buffon (Italiya, Yuventus);
4. Mattia Perin (Italiya, Jenoa);

5. Petr Chex (Chexiya, Arsenal);
6. Klaudio Bravo (Chili, Barselona);
7. Ugo Loris (Fransiya, Tottenxem);
8. Tibo Kurtua (Belgiya, Chelsi);
9. Kevin Trapp (Germaniya, PSJ);
10. Keylor Navas (Kosta-Rika, Real);
11. Bernd Leno (Germaniya, Bayer);

12. Jo Xart (Angliya, Manchester Siti);
13. Fernando Muslera (Urugvay, Galatasaray);
14. Igor Akinfeev (Rossiya, SSKA);
15. Samir Xandanovich (Sloveniya, Inter);
16. Stefan Ruffe (Fransiya, Sent-Eten);
17. Mark-Andre ter Shtegen (Germaniya, Barselona);
18. Xassan Sanni (Singapur, Armi Yunayted);

19. Jek Batlend (Angliya, Stok Siti);
20. Karlos Kameni (Kamerun, Malaga).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!