Amerikalik fuqaro to`xtovsiz 94 soat serial tomosha qildi

10:15, 14 aprel

AQShning Bruklin shahrida yashovchi  Alexandro Fragoso to`xtovsiz televizor tomosha qilib, yangi rekord o`rnatdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

U televizor qarshisida 94 soat ya`ni qariyb to`rt kun o`tirdi. Alexandroning ismi-sharifi Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi. 

U o`zining rekordini qanday o`rnatganini quyidagicha izohladi: 

“Men O`rtaer dengizi parhezi va texnologiyalardan unumli foydalandim. Mazkur ikki omil menga tanaffussiz televizor ko`rishimga yordam berdi”. 

Ma`lumotlarga ko`ra, bu usullar Alexandroning qonidagi qand miqdorini ta`minlab turgan. 

Uning yonida shifokor ham o`tirib, salomatligini muntazam nazorat qilib turgan. 

Shifokorning aytishicha, Fragoso rekord so`nggida yurak qisqarishi chastotalari oshgan. Shu bilan birga, u tajriba mobaynida bir necha marotaba qisqa vaqtga uxlab qolgan. 

Alexandro tajriba mobaynida bir necha marta ko`rsatuvlar tartibini o`zgartirgan. U “Taxtlar o`yini” va yana bir necha ko`rsatuvni tinimsiz tomosha qilgan. 

Fragosoning aytishicha, aynan mazkur tajribadan so`ng u tinimsiz televizor tomosha qilish juda mushkul va charchatuvchi vazifa ekanligini tushunib etgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!