Oddiy qovurilgan tuxumni turli xil usulda dasturxonga tortish

11:25, 14 aprel

Qovurilgan tuxum ertalabki nonushta uchun eng oson va tez tayyorlanadigan taom hisoblanadi. Shu oddiy ishga ham ijodiy yondashsangiz taomingiz o`zgacha qiyofaga kiradi. Biz tavsiya qilayotgan 12 usul asosida tuxum qovursangiz, yaqinlaringizning bundan kayfiyati ko`tarilib, ishtaha bilan nonushta qilishadi, deydi “Lady.mail.ru” nashri.

Yurak shaklida qovurilgan tuxum 

Tuxumni bu shaklda qovurish uchun ingichka uzun sosiskalar kerak bo`ladi. Sosiskani uzunasiga, oxirigacha uzmay kesib olamiz. Keyin ularni sirtga o`girib, ikki uchini birlashtiramiz. Ular ochilib ketmasligi uchun tish tozalaydigan cho`pchani tiqib qo`yamiz. Tovaga yog` solamiz, yog` qizigandan keyin yurak shaklli sosiskani tovaga qo`yamiz. Keyin sosiskaning ichiga tuxum chaqamiz. Bu taom past olovda pishiriladi. Pishgandan keyin shaklni buzmaslik uchun kurakcha-kapgir orqali tarelkaga olamiz. Tish kovlagich cho`pchani olib tashlaymiz. Agar tuxum oqi sosiskadan tashqariga oqqan bo`lsa, uni tozalab olib qo`yamiz. Ta`bga ko`ra tuz, ziravorlar sepiladi.

“Svetofor” shaklida qovurilgan tuxum

Bunday yorqin rangli taomni tayyorlash uchun bizga tuxumdan tashqari pomidor bo`lakchasi, salat bargi, bodring bo`lagi kerak bo`ladi. Tovada yog`ni qizdirib olgach, unga usta tuxumni ehtiyotkorlik bilan sarig`ini oqizib yubormay chaqamiz. Hali tuxum oqi qotishga ulgurmagan paytda kurakcha-kapgir bilan unga istagan shaklni berish mumkin. Tuxum pishgandan keyin uni sekin tarelkaga olamiz. To`g`ri to`rtburchak hosil qilish uchun chetlarini kesib olamiz. Keyin pomidor va bodring bo`lagini salat bargining ustiga qo`yib svetor shaklini yasaymiz. Agar pomidor va bodring bo`laklarining aylana diametrlari bir xil bo`lsa, svetor juda chiroyli chiqadi. 

Bulg`or qalampiridan gullar

Bunday guldasatani tayyorlash uchun po`stlog`i qalin bo`lgan shirin bulg`or qalampiri kerak bo`ladi. Agar uning rangi qizil bo`lsa, gullar juda chiroyli chiqadi. Bulg`or qalampirini eniga 0,5 sm qalinlikda kesib olamiz, undan aylanalar hosil bo`ladi. Tovaga yog` solib, qizdirgach, aylanalarni solasiz, keyin uning ichiga tuxum chaqamiz. Iloji boricha tuxumning sarig`ini markazga qo`yish kerak bo`ladi. Tuxum sarig`ini oqizib yubormaslik uchun ehtiyot bo`lish lozim. Tuxum qotgach, uni kurakcha bilan tarelkaga olamiz va bodringdan barglar yasab bezatamiz.  

Pomidor ichiga solib qovurilgan tuxum

Pomidorning bosh qismini kesib olamiz. Qoshiq yordamini ichini tozalaymiz. Pomidordan yasalgan “stakancha”miz ichiga tuxum chaqamiz, ta`bga ko`ra tuz va ziravorlar qo`shamiz. Keyin uni 180 daraja haroratda qizdirilgan duxovkaga qo`yib, 15 daqiqa pishirib olamiz. Uni ko`katlar, turli sabzavotlar, non bilan dasturxonga tortish mumkin.

Qovurilgan tuxum yordamida chizilgan portret

Bu “kulgili bashara”ni tayyorlash uchun sosiska, non bo`lagi (iloji boricha chetki, qattiq qismi), ko`katlar va ketchup kerak bo`ladi. Tovada yog`ni qizdirgach, ikkita tuxum chaqamiz, ehtiyo bo`ling uning sarig`i oqib ketmasin, orasi ham uzoq bo`lmasin, ulardan odamning ko`zini yasaymiz. Tayyor tuxumni tarelkaga soling. Sosiskadan ko`z, burun, til, quloq yasang. Non bo`lagini ikkiga bo`lib, og`iz shakliga keltiring. Ketchupdan ko`z qorachiqlarini yasang. Ko`katlar yordamida “soch” va “qosh”ni yuzaga keltiring. Qarabsizki, odam portreti tayyor, uni bemalol tanovul qilishingiz mumkin.   

Moychechakli gulzor

Bunday taomni tayyorlash uchun bedana tuxumidan, ingichka sosiskadan va ko`katlardan foydalanish mumkin. Sosiskani eniga mayda qilib kesib olamiz va uni tish tozalaydigan cho`pcha yordamida uchini mahkamlaymiz. Moychechak gulining bo`m-bo`sh guli paydo bo`ldi. Tovada qizdirilgan yog`ga sosiskani qo`yamiz va har birining markaziga tuxum chaqamiz. Juda past olovda qovurishda davom etamiz. Tayyor tuxumni ehtiyotkorlik bilan tarelkaga olib, tish kovlagich cho`pchasini olib tashlaymiz. Keyin ko`katlardan uning poyasini, barglarini yasaymiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!