Shodiyora Omonova: “Bo`lajak turmush o`rtog`im meni klipda ko`rib, sevib qolgan”

12:00, 14 aprel

Raqqosa Shodiyora Omonova bo`lajak turmush o`rtog`i bilan qanday tanishgani va uning kasbiga bo`lgan munosabati haqidagi savollarga “Bekajon” gazetasi orqali javob berdi.

“Bo`lajak umr yo`ldoshim asli muxlisim bo`lib, Alisher Fayzning ‘Yolg`on ekanku’ klipida ko`rib, yoqtirib qolgan. Meni ancha vaqt kuzatib yurib, keyin turmush qurish taklifini bildirdi va taqdir ekan, fotihalandik. U kishining san`atga aloqasi yo`q. Nasib etsa, kuzda to`yimiz bo`ladi”,—deydi raqqosa.

Gazeta muxbirining tarqalayotgan mish-mishlarga raqqosaning bo`lajak turmush o`rtog`i qanday munosabatda ekanligi haqidagi savoliga u:

“Avvalo, u kishi san`at sohasi vakili ekanligimni ko`rib-bilib turib, men bilan hayot yo`lini bog`lamoqchi. Menga ishonishini bilaman. ‘Nihol’ Davlat mukofotini olayotganimda, hatto o`zlari ‘Men raqqosalar to`g`risida boshqacha fikrda edim. Siz bilan yonma-yon bo`lib, kasbingiz qanchalik qiyinligini ko`rdim. Shu sohada o`qib, professional raqqosa ekanligingizga endi amin bo`ldim. Havaskor raqqosa bilan sizlarning farqingizni ajrata boshladim. Mehnatlaringizni ko`rib, sizga mehrim, hurmatim ortdi. Endi kasbingizda qo`limdan kelganicha yordam beraman’,dedilar. Mana shu fikrlar kasbimga u kishining munosabatini ko`rsatib turibdi”,—deya javob berdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!