Telegram asoschisi ilk bor rossiyalik boy biznesmenlar ro`yхatidan joy oldi

12:56, 14 aprel

«VKontakte» va Telegram asoschisi Pavel Durov ilk bor 200 nafar rossiyalik eng boy biznesmenlar ro`yhatiga kirdi.

Forbes jurnali tomonidan tuzilan mazkur reytingda Durov 135-o`rinni egalladi.

Forbes Durovning boyligini $0,6 milliardga baholadi, uning daromadi asosan  Telegram messenjeridan kelib tushadi.

Boylik baholanayotganda nashr biznesmenga tegishli barcha aktivlar —kompaniya aksiyalari, er uchastkalari, ko`chmas mulk ob`ektlari, shuningdek shaxsiy mulkini hisobga oladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!