Reuters`ning sobiq jurnalisti xakerlarga yordam bergani uchun qamaldi

13:02, 14 aprel

AQSh sudi Reuters  kompaniyasining sobiq xodimi Metyu Kiza Anonymous xakerlar guruhiga yordam bergani uchun ikki yilga qamaldi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda

2013 yilda jurnalist xakerlar ishi bo`yicha uchta moddaga ko`ra aybdor deb topilgan edi. U bir necha nashriyotlarga, xususan The Los Angeles Times gazetasi tahririyatiga egalik qiluvchi Tribune Co korporasiyasi kompyuter tizimlarini buzib kirishda xakerlarga yordam bergan.

Ma`lumotlarga ko`ra, Kiz xakerlarga The Los Angeles Times gazetasi tahririyatidagi kompyuterlarga kirish ma`lumotlarini taqdim etgan. Mazkur ayblovlar ilgari surilgan paytda Kiz Reuters.com saytida ishlar edi. Ko`p o`tmay jurnalist ishdan bo`shatilgan. 

Tergov harakatlaridan ma`lum bo`lishicha, Kiz Tribune Company mediaxoldinggidan bo`shatilgach, o`ch olish maqsadida mazkur korporasiya saytlariga kirish parollarini xakerlarga taqdim etgan. Xakerlar kompaniyaga keltirgan zarar miqdori uncha yirik emas.  Biroq kompaniya xodimlari mazkur muammoni hal qilish uchun uzoq vaqt va katta mablag` sarflagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!