Messi 2010 yildan buyon ilk bor ketma-ket besh o`yinda gol kirita olmayapti

15:12, 14 aprel

“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi so`nggi besh o`yinda raqib jamoalar darvozasiga gol kirita olmayapti. Bunday holat 2010 yilning aprel oyidan buyon ilk bor kuzatilmoqda deya xabar bermoqda Sky Sports Satto.

Argentinalik hujumchi “Atletiko Madrid”ga qarshi kechgan EChL javob o`yinida biror marta ham raqib darvozasiga aniq zarba yo`llay olmadi. Bunday holat so`nggi bor 2014 yilda, aynan “Atletiko”ga qarshi o`yinda kuzatilgan edi. 

EChL chorak final ilk o`yinida “Barselona” 2:1 hisobida g`alaba qozonganiga qaramay, javob o`yinida 0:2 hisobida mag`lub bo`ldi va EChL turnirini tark etdi. Musobaqaning yarim finaliga esa “Real”, “Manchester Siti”, “Bavariya” va “Atletiko” klublari yo`l olishdi. 

Joriy mavsumda Messi “Barselona”ning barcha turnirlarini inobatga olgan holda 41 o`yinda maydonga tushib, 37 ta gol kiritishga muvaffaq bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!