Sportchi qiz ortidan ayiq quvlayotganini sezmadi(Video)

16:48, 14 aprel

Kelli Merfi ismli sportchi qiz ayiqqa em bo`lishiga bir bahya qoldi. Voqea joriy yilning 9-aprel sanasida ro`y berdi. Kelli Yaponiyadagi tog`larda chang`i uchib yurgan edi. Havo yaxshi, buning ustiga sportchi qizning kayfiyati a`lo darajada, sababi u quloqchin orqali o`zi yoqtirgan musiqani tinglamoqda. 

Kelli tepalikdan pastga qarab bamaylixotir sirpana boshladi. U orqasidan kimdir quvlashi mumkinligini xayoliga ham keltirmadi. 

Bahaybat ayiq bo`lsa Kellini kuzatib kelardi. Agar u qizga hujum qilganida Kelli yirtqichning changalidan qutula olmasdi. Ammo hammasi yaxshilik bilan tugadi. 

Biroq keyinroq videoroliklarini tomosha qilgan sportchi qiz ortidan kuzatib kelgan chaqirilmagan “mehmon”ni ko`rib qoldi.

“Ey, Xudoyim! Ortimdan ayiq quvlaganini sezmabman ham. U meni eb qo`yishi mumkin edi, axir!”,—deb yozdi Kelli videorolikni izohlab.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!