Ohangaronda telefon va pul o`g`rilari qo`lga tushdi

10:11, 15 aprel

Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIBga shu tumanda yashovchi 24 yoshli fuqaro murojaat qilib, noma`lum shaxslar 3-mikrorayon​ hududida joylashgan "Bek" choyxonasi oldida unga ochiqdan-ochiq tahdid qilib, kuch ishlatib "NOKIA" rusumli qo`l telefoni va 5 ming so`m pulini tortib olib voqea joyidan yashiringanliklarini ma`lum qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tuman ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida gumonlanuvchilar "issiq izida" qo`lga olindi va ushbu jinoyat to`liq fosh etildi. Aniqlanishicha, mazkur talonchilikni shu tumanda yashovchi 3 nafar yigitlar sodir etgan. Ushbu holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!