Qozog`iston Prezidenti Toshkentga keldi

10:18, 15 aprel

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev 14 aprel kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. 

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev kutib oldi. 

Qisqa suhbatdan so`ng Qozog`iston delegasiyasi o`zi uchun ajratilgan qarorgohga yo`l oldi. 

Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 15 aprel kuni bo`lib o`tadi. 

Avval xabar qilinganidek, muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi uchrashuvda davlat rahbarlari O`zbekiston va Qozog`istonning turli sohalardagi o`zaro hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qiladilar.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!