Yaponiyada yuz bergan kuchli zilzila oqibatida 9 kishi halok bo`ldi

10:26, 15 aprel

14 aprel, payshanba kuni Yaponiyada kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Zilzila magnitudasi 6,4 ballni tashkil etgan. So`ng u yana ikki marta, besh va olti balli magnitudada  takrorlangan. Zilzila oqibatida Yaponiyadagi Masiki qishlog`i eng ko`p talofot ko`rgan. 

Er osti silkinishlari oqibatida halok bo`lganlar to`qqiz kishini tashkil etdi. Kamida 780 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. uylar buzilib, vayronaga aylangan. O`n minglab odamlar uylarini tashlab ketishga majbur bo`lgan. Qutqaruv ishlariga 350 nafar harbiy xizmatchilar jalb etilgan. 

Ma`lumotlarga ko`ra, qutqaruvchilar vayronalar tagidan sakkiz oylik chaqaloqni qutqarib olishgan.

“RIA Novosti”ning xabar berishicha, zilzila yuz berganidan so`ng olti soat o`tgach, qurqaruvchilarga vayronalar tagida sakkiz oylik bola qolib ketgani haqida xabar etib keladi. Ular uy xarobalari ostida yig`layotgan bolaning ovozini eshitadi. Vayronalarni ehtiyotkorlik bilan olish uchun maxsus texnika jalb qilinadi. Bolakayning hayoti uchun 50 nafar qutqaruvchilar harakat qildi. Taxminan bir soatdan so`ng bolani qutqarib olishdi.  Baxtli tasodif tufayli chaqaloqning salomatligiga jiddiy zarar etmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!