100 yoshli Verdus Xaes parashyutdan sakragan dunyodagi eng keksa odam bo`ldi(Video)

10:35, 15 aprel

100 yoshni qarshi olgan britaniyalik fuqaro Verdus Xaes tug`ilgan kuniga o`zi uchun noodatiy sovg`a hozirladi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Xaes instruktor yordamida samolyotdan parashyut orqali sakradi. U parashyutdan sakragan dunyodagi eng keksa odam sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishiga umid qilmoqda. Keksa rekordchi ishtirokidagi videorolik YouTube`ga joylanganidan so`ng, uni qisqa vaqt ichida mingdan ortiq foydalanuvchi tomosha qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!