1

Poytaxtda muzlama sabab 6 ta mashina to`qnashdi (foto)

Jamiyat 22.01.2021, 21:10
Teglar: Foto, YTH, Toshkent
Poytaxtda muzlama sabab 6 ta mashina to`qnashdi (foto)

Bugun, 22 yanvar kuni soat 17:00larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi Yunusobod ko`chasida joylashgan “Anjir” kafesi ro`parasida, haydovchi, 2001 yilda tug`ilgan X.X. “Neksiya-2” rusumli avtomobilda harakatlanayotib tezlikni pasaytirgan vaqtida, uning ortidan kelayotgan:

1) 1996 yilda tug`ilgan S.N. boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli;

2) 1977 yilda tug`ilgan N.R. boshqaruvidagi “Epika” rusumli;

3) 1984 yilda tug`ilgan M.S. boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli;

4) 1993 yilda tug`ilgan A.V. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli;

5) 1992 yilda tug`ilgan I.R. boshqaruvidagi yana bir “Matiz” rusumli avtomobillar ishtirokida oldinma-ketin to`qnashuv sodir bo`lgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

To`qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo`q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Barcha haydovchilardan tezlik me`yoriga amal qilib, ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so`rab qolamiz", - deyiladi xabarda. 

 

 

Sharhlar

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi

16.05.2024, 13:28

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi. U fuqaroning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo`yishni va`da qilgan. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha,...
Toshkentda 25 yoshli yigit shilqimlik qilganligi uchun qamaldi

14.05.2024, 14:15

Joriy yilning 13 may kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudida ko`chada ayolga shilqimlik qilgan yigit bo`yicha ish ko`rib chiqildi. Bu haqda darakchi.uz...
Toshkentda talaba yigit 5 yilga qamaldi

08.05.2024, 17:27

O`zbekiston Jahon tillari universitetining 2 bosqich talabasi bo`lgan 20 yoshli yigit Toshkentdagi Isroil elchixonasi yoniga borib, uni yoqib yuborish maqsadida devor osha ichkariga kerosin solingan...
Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1