1

Birinchi o`zbek aktrisasi o`z turmush o`rtog`i tomonidan vahshiyona o`ldirilgan

Moziydan sado 26.01.2021, 15:03
Birinchi o`zbek aktrisasi o`z turmush o`rtog`i tomonidan vahshiyona o`ldirilgan

"O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati birinchi o`zbek aktrisasi Tursunoy Saidazimova haqida ma`lumot berdi.

Aktirisa 1911 yil Toshkentda tug`ilgan. Taqdir taqozosi bilan uning hayoti fojiali yakun topgan. 1928 yilning 10 mayida 17 yoshida Buxorodagi gastrol safari chog`ida o`z turmush o`rtog`i tomonidan vahshiyona o`ldiriladi.

Aktrisaning fojiali o`limi san`at ahlining qalbini larzaga keltirgan. 

O`zbekiston xalq artisti Muhiddin Qori Yoqubov Tursunoy o`ldirilganda shunday degan ekan: "Dushmanlar qo`yishmayapti. Mayli, bitta shahid ketgan Tursunoyning o`rniga yuztasini tayyorlayman".  

Hamza Hakimzoda Niyoziy unga atab “Tursunoy marsiyasi”ni yaratgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1